Oysha roziyallohu anho rivoyat qiladi: “Nabiy alayhissalom qachon (oxirgi) o‘nlik kirsa, belni mahkam bog‘lab, kechani bedor o‘tkazar va ahllarini uyg‘otar edilar” (Beshovlari rivoyat qilishgan).
Imom Termiziy rahimahulloh lafzida: “Oxirgi o‘nlikda undan boshqada qilmagan ijtihodni qilar edilar”, deyilgan.
Nabiy alayhissalom Qadr kechasida ko‘p duo qilishni yaxshi ko‘rar edilar.
Imom Termiziyning “Sunan”ida Oysha roziyallohu anho rivoyat qiladi: “Ey Allohning Rasuli, Qadr kechasini topsam, qanday duo qilay?” dedim. U zot: “Allohumma innaka ’afuvvun karimun, tuhibbul ’afva fa’fu ’annii” (Allohim, albatta, Sen kechirguvchi, Karim zotsan. Kechirishni yaxshi ko‘rasan, meni afv et), deb ayt”, dedilar.
👍10
🔥3
👏1
15 1.6K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram