Jannatni istasang, jamoat-la boʻl!
Umar (r.a.) Jobiyada xutba qilib turib: “...Kimki jannatning qoq oʻrtasini iroda qilsa, jamoatni lozim tutsin”, dedilar.
Bu bilan xalifa kishilarni yolgʻiz qolmaslikka, doim koʻpchilik ichida boʻlishga chaqirgan. Chunki kishi koʻpchilik bilan boʻlsa (2 kishidan ortiq):
— yolgʻon tarqatmaydi, birovni yomonlamaydi (oqibatidan qoʻrqadi);
— amri maʼruf va nahyi munkarlardan qolib ketmaydi;
— zinoga qoʻl urmaydi (bir ayol va bir erkakning orasidagi uchinchisi shayton boʻladi, deyilganini eslang;
— jamoat bilan namoz oʻqisa, yolgʻiz oʻqigan namozdan 27 barobar koʻproq savobga erishadi;
— koʻpchilik bilan boʻlsa, yangiliklardan xabardor boʻlib turadi. Kishining oʻzi ham yangilikka intiladi.
☑️ Shuning uchun, dindoshlar, doim jamoat bilan birga boʻlishni ma'qul koʻring. Ham savob olasiz, ham gunohga botmaysiz!
📚 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Din — nasihatdir” kitobidan
Telegram |
Instagram*
YouTube |
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram