Namozga shoshilish yaramaydi!
Namoz Alloh taolo bilan muloqot, munojot ekanligi hammaga maʼlum. Jamoat namoziga kelayotgan odam uyidan masjidga qarab birinchi qadamni bosishidan boshlab namozga turgan hisoblanadi.
Demak, u namoz oʻqish odobini saqlashi kerak. Shoshilib, apil-tapil, nomunosib harakatlar qilish namoz oʻqish odoblariga toʻgʻri kelmaydi.
Ayni shu xususda Abu Qatoda (r.a) dan rivoyat qilinadi:
“Biz nabiy (s.a.v.) bilan namoz oʻqiyotgan edik. U zot birdan odamlarning tapir-tupurini eshitib qoldilar va namozini oʻqib boʻlib: “Sizga nima boʻldi?” dedilar.
“Namozga shoshildik”, deyishdi.
“Unday qilmanglar, namozga kelganingizga oʻzingizni ohistalikni lozim tutinglar. Yetganingizni oʻqib, oʻtganini toʻlatib oʻqinglar”,dedilar.
✍ Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Ochiq xat” kitobidan
Telegram |
Instagram*
YouTube |
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram