⚠️ Ogohlantirish!
So'nggi kunlarda fuqarolarga turli messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali
zararli APK (.apk) fayllarini yuborish holatlari yana kuzatilmoqda.
Firibgarlar ushbu fayllarni:
📄 hujjat,
📦 yetkazib berish xabari,
🏦 bank ilovasi yangilanishi,
🎁 sovg'a yoki aksiya,
💰 to'lovni tasdiqlash
kabi turli bahonalar bilan tarqatmoqda.
❗️
Zararli APK fayli o'rnatilgach, qurilmadagi shaxsiy ma'lumotlar, bank kartasi ma'lumotlari, SMS xabarlar va boshqa maxfiy ma'lumotlar firibgarlar qo'liga tushishi mumkin.
O'zingizni himoya qilish uchun:
✅ Noma'lum manbalardan yuborilgan APK (.apk) fayllarini yuklab olmang va o'rnatmang.
✅ Ilovalarni faqat
Google Play yoki boshqa rasmiy ilovalar do'konlari orqali yuklab oling.
✅ Shubhali havolalar va fayllarni ochishdan oldin ularning ishonchliligini tekshiring.
🛡
Raqamli xavfsizligingiz o'z qo'lingizda! Shubhali fayllarni o'rnatishdan oldin bir necha soniya o'ylang — bu sizni katta moliyaviy va shaxsiy yo'qotishlardan asrashi mumkin.
#Kiberxavfsizlik #Ogohlantirish #APK #Firibgarlik #AxborotXavfsizligi
Telegram Facebook*
Instagram* YouTube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram