Turonbank @turonbankuz 05.08.2026 14:02 Скопировать Пожаловаться Turonbank Фото: Turonbankda bank xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-trening start oldi "Turonbank" ATBda O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda Komplaens-nazorat departamenti hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati xodimlari uchun 3 kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi. 5–7-avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan ushbu tadbir bank faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, xodimlarni xalqaro standartlar va tizimli xavf-xatarlardan xabardor qilish maqsadida o‘tkazilmoqda. O‘quv dasturidan o‘rin olgan asosiy yo‘nalishlar: 🔹 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish; 🔹 Milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar ijrosi; 🔹 Sanksiyaviy komplaens tizimi; 🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash. Tadbirga Markaziy bank, Huquqni muhofaza qilish akademiyas, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda tijorat banklarining soha bo‘yicha tajribali va malakali mutaxassislari jalb etilgan. Turonbank — Moliya bozorida ishonchli hamkoringiz! Telegram Facebook Instagram YouTube Telegram Facebook* Instagram* YouTube 👍 4 ❤ 1 7 2.1K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram