avatar
Turonbank
@turonbankuz
05.08.2026 13:55
Turonbankda bank xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan seminar-trening start oldi

emoji "Turonbank" ATBda O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda Komplaens-nazorat departamenti hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish xizmati xodimlari uchun 3 kunlik seminar-trening o‘z ishini boshladi.

5–7-avgust kunlari bo‘lib o‘tayotgan ushbu tadbir bank faoliyatida shaffoflikni ta’minlash, xodimlarni xalqaro standartlar va tizimli xavf-xatarlardan xabardor qilish maqsadida o‘tkazilmoqda.

O‘quv dasturidan o‘rin olgan asosiy yo‘nalishlar:

🔹 Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish;
🔹 Milliy qonunchilik talablari va xalqaro standartlar ijrosi;
🔹 Sanksiyaviy komplaens tizimi;
🔹 Korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish va manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash.

Tadbirga Markaziy bank, Huquqni muhofaza qilish akademiyas, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda tijorat banklarining soha bo‘yicha tajribali va malakali mutaxassislari jalb etilgan.

emoji Turonbank — Moliya bozorida ishonchli hamkoringiz!

Telegram Facebook*

emoji Instagram* YouTube
5
👍 4
7 1.5K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Turonbank

20.2K
“Turonbank” ATBning rasmiy sahifasiga xush kelibsiz!

🔵Telegram-bot: @turon_bank_bot
🔵Facebook*: http://bit.ly/2ornvb7
🔵Instagram*: http://bit.ly/2mVDLAQ
🔵Sayt: https://turonbank.uz
☎️Call-markaz: (+998 95) 144-60-00
☎️Qisqa raqam: 1220
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram