avatar
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ
@trkuz_official
26.05.2026 11:11
Tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi mexanizmlar taqdim etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish hamda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Unga ko‘ra:

tadbirkorlar uchun yagona raqamli moliyaviy platforma ishga tushiriladi;
kredit olishda sun’iy intellekt asosidagi muqobil “skoring” tizimi joriy etiladi;
kredit tarixi bo‘lmagan tadbirkorlar uchun ham moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi;
sun’iy intellekt asosidagi tavsiya tizimlari orqali biznes g‘oya va moliyalashtirish bo‘yicha maslahatlar beriladi;
ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun garovsiz mikrokredit limiti 200 million so‘mgacha oshiriladi;
kredit va lizing foizlarining 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan qismi kompensatsiya qilinadi;
har yili 100 ta tadbirkorlik subyektiga raqamlashtirish, xalqaro standartlar va “yashil” texnologiyalarni joriy etish uchun 300 million so‘mgacha grant ajratiladi.

Ta’kidlanganidek, yangi tizimlar tadbirkorlarning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, kredit olish jarayonlarini soddalashtirish hamda biznesni qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | LinkedIn
6
👏 5
🔥 2
💯 1
11 996
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ

4.5K
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning rasmiy Telegram kanali.

Veb-sayt: www.trk.uz
Aloqa markazi: (71) 205-57-57

Murojaatlar va savollar uchun guruh: @trkuz_murojaat
Открыть в Telegram