Bugun bitiruvchilar maktab bilan xayrlashmoqda
Ular orasida
ertangi kun tadbirkorlari, investorlar, bankirlar, innovatorlar va ehtimol,
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJning bo‘lajak xodimlari ham bor.
Bugun katta hayot sari qadam qo‘yayotgan yoshlar ertaga o‘z g‘oyalari, tashabbuslari va biznes loyihalari bilan mamlakatimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi mumkin.
Bugun yurtimizda yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Jumladan,
“Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan bugunga qadar
8 577 nafar yosh tadbirkorning loyihalariga 2,6 trln so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Barcha bitiruvchilarni hayotidagi muhim bosqich bilan tabriklaymiz va ularga ulkan yutuqlar tilab qolamiz!
Telegram | Facebook* | Instagram* | Youtube | LinkedIn
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram