avatar
"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ murojaat
@trkuz_murojaat
29.04.2026 06:19
"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ murojaat guruhi
ISH TARTIBI

❗️Mazkur telegram guruhi TADBIRKORLAR va KOMPANIYA oʼrtasida ochiq muloqotni yoʼlga qoʼyish, KOMPANIYANING yordamlarini olishdagi masalalarni bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan boʼlib unda TADBIRKORLAR yoki ularning ishonchli vakili, MOLIYAVIY TASHKILOTLAR, KOMPANIYA masʼullari ishtirokchi hisoblanadi.

Guruh aʼzosi murojaat va takliflar yozganda quyidagi talablarni bajarishi shart:

1️⃣ Savol (taklif)larga aniq va to'g'ri javob qaytarish uchun maʼlumotlarning aniq bo‘lishi (STIR, Ism-sharifi, telefon raqami va tuman);
2️⃣ Savol (taklif)larga etika va axloq  qoidalariga rioya qilinishi;
3️⃣ Bitta murojaat SAVOL yoki TAKLIF shaklida berilishi;
4️⃣ Yolg‘on yoki noto‘g‘ri maʼlumot tarqatilmasligi (qonunchilikda jinoiy javobgarlik belgilangan) lozim.

✔️Eslatma!
🖊Savolin (taklifin)giz bilan birga telefon raqamingiz, INN (JShShIR), Ism va sharifingizni, tumanni ko‘rsating.
🗯Asosli va haqli ravishda qilingan tanqidlaringiz to‘g‘ri qabul qilinadi va bartaraf etish choralari ko‘riladi.
📌Tamonlar tomonidan keltirilgan ma'lumotlarga o'zlari javobgardirlar.
📝Guruhdan olingan ma'lumot turli tuzatishlar bilan tarqatilmaslik shart.

🔊Savol (taklif)larga javob berish shakli va muddatlari:

⚪️ Guruh a'zolari ish kunlari  soat 9:00dan 16:00 ga qadar savol (taklif) yuborishlari mumkin.
Undan keyin yuborilgan savol (taklif)lar keyingi ish kunida yuborilgan savol (taklif) sifatida ro‘yxatga olinadi.
⚪️ Har bir savol (taklif) guruh adminstratori tomonidan ro‘yxatga olinadi va qayd etish raqami beriladi.
⚪️ 1 ish kuni (24 soatdan oshmagan) muddatda tayyorlangan javoblar yozma yoki telefon orqali og'zaki javob qaytariladi.

🔇Quyidagi murojaatlar ogohlantirishsiz va ko'rib chiqilmasdan o‘chiriladi:

⛔️O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga qarshi bo‘lgan, shu jumladan millatlararo va dinlararo nifoq keltirib chiqaruvchi hamda behayolik va zo‘ravonlikni targ‘ib qilinganda (qonunchilikda jinoiy javobgarlik belgilanganligi ogohlantiriladi);
⛔️guruh mavzusidan tashqari mazmundagi masalalar;
⛔️haqoratli yoki kamsitilishga qaratilgan so‘zlar qo'llanilganda;
⛔️reklama va spamlar.

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ murojaat

1.9K
"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ

Mazkur guruhga taklif, e’tiroz va muammolarni yuborishingiz mumkin.

Tel.: (71) 205-57-57, info@trk.uz

Telegram: @trkuz_official
Instagram*: @trkuz_official
Facebook*. com/trkuzofficial
Website: www.trk.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram