avatar
"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ murojaat
@trkuz_murojaat
22.04.2026 10:34
"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ murojaat Hurmatli “Tadbirkorlarni rivojlantirish kompaniyasi” AJ vakillari, Men, “Bifavia Travel” MChJ (СТИР: 310177225) rahbari sifatida, Sizlarga kompaniyamiz faoliyatini kengaytirish va yanada rivojlantirish maqsadida moliyaviy qo‘llab-quvvatlash olish yuzasidan murojaat qilmoqdaman. “Bifavia Travel” MChJ turizm sohasida faoliyat yuritib, ichki va tashqi sayohat xizmatlarini tashkil etish, transport xizmatlari ko‘rsatish hamda turistik paketlar sotish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda kompaniyamiz faoliyatini kengaytirish uchun quyidagi yo‘nalishlarda investitsiya jalb etishga ehtiyoj mavjud: Zamonaviy transport vositalari (miniven va mikroavtobuslar) xarid qilish; Marketing va reklama faoliyatlarini kuchaytirish; Turistik paketlar savdosini oshirish va yangi yo‘nalishlarni yo‘lga qo‘yish; Mehmonxona qurish orqali xizmatlar ko‘lamini kengaytirish. Yuqoridagi loyihalarni amalga oshirish orqali kompaniyamiz nafaqat o‘z faoliyatini rivojlantiradi, balki yangi ish o‘rinlari yaratish, turizm infratuzilmasini yaxshilash va hudud iqtisodiyotiga ijobiy hissa qo‘shishni maqsad qilgan. Shu munosabat bilan, Sizlar tomonidan taqdim etilayotgan 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan moliyaviy yordam dasturida ishtirok etish istagimizni bildiramiz va loyihamizni ko‘rib chiqishingizni so‘raymiz. Qo‘shimcha ma’lumotlar, biznes reja va zarur hujjatlarni taqdim etishga tayyormiz. "BIFAVIA-TRAVEL" MCHJ Манзил: Наманган вилояти, Чуст ш. Садача МФЙ. СТИР: 310177225 Ҳисоб рақами: 20208000205607490001 МФО: 00433 АТБ "МИКРОКРЕДИТБАНК" Бош офиси Директор: И.Ф. Бакиев E’tiboringiz uchun rahmat. Hurmat bilan, Bakiyev Ilhom Fozilovich “Bifavia Travel” MChJ rahbari Telefon: +998912924010, +998932934010
Ассалому алайкум, Сизнинг мурожаатингиз 003/22/04/26 рақам билан ҳисобга олинди!

Тез орада сиз билан мутахассислар боғланишади.

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ murojaat

1.9K
"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" AJ

Mazkur guruhga taklif, e’tiroz va muammolarni yuborishingiz mumkin.

Tel.: (71) 205-57-57, info@trk.uz

Telegram: @trkuz_official
Instagram*: @trkuz_official
Facebook*. com/trkuzofficial
Website: www.trk.uz
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Открыть в Telegram