⚡️
Tashabbusdan taraqqiyotga
Bugun
“Mahallam – loyiham” dasturi g‘oliblarining milliy forumida faol yurtdoshlarimiz bilan uchrashdik.
Atigi bir oy ichida 1600 dan ortiq mahalladan
1390 ta loyiha kelib tushgani va
45 mingga yaqin fuqaro o‘z ovozi bilan qatnashgani — yurtdoshlarimiz o‘z hududi taqdiriga befarq emasligining yorqin isbotidir. Eng ko‘p ovoz to‘plagan 33 ta loyihani amalga oshirish uchun
10 milliard so‘m ajratildi.
Sport maydonchalari, kutubxona, ko‘cha chiroqlari va eko-parklar barpo etish kabi ajoyib tashabbuslar joylarda
“Mening mahallam — mening mas’uliyatim” degan ezgu tuyg‘u chinakamiga mustahkamlanib borayotganini ko‘rsatmoqda.
Barcha g‘oliblarni chin dildan tabriklayman!
@alisher_sadullaev
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram