1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Shaxnoza Sultanova ishtirokida Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun bayram tadbiri tashkillashtirildi.
Tadbir davomida bolalarga bayramona kayfiyat ulashilib, ularning yashash va ta’lim olish sharoitlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, bolalarga esdalik sovg‘alari topshirilib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi.
Mazkur ezgu tadbir yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda mehr va e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Bolalar – jamiyatimizning bebaho boyligi va porloq kelajagimiz poydevoridir.
YouTube |
Facebook* |
Instagram* |
Web-site |
Telegram-bot
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram