Milliy qadriyatlarga hurmat oiladan boshlanadi
Bugun “Milliy qadriyatlarga ehtirom ko‘rsatishni oiladan boshlaymiz!” shiori ostida “Milliy o‘yinlar festivali” o‘tkazildi.
Mazkur festival O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oilalarni mustahkamlash, xotin-qizlar faolligini oshirish hamda yosh avlod tarbiyasida milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etishga qaratilgan qarorlari ijrosi doirasida, “Oilamiz — kelajagimiz” oyligi munosabati bilan tashkil etildi.
Tadbir davomida yana bir muhim haqiqat o‘z ifodasini topdi: millatning ma’naviy kuchi avvalo oiladan boshlanadi, oilaning mustahkamligi esa milliy qadriyatlar va sog‘lom tarbiyaga tayanadi.
Festival davomida farzandlarimiz tomonidan xalqimizning asrlar davomida sayqallanib kelgan milliy o‘yinlari namoyish etildi. “Oqsoq bo‘ri va qo‘ylar”, “Laylak keldi”, “Durra otar”, “Qarmoqcha”, “Chavandozlar” kabi o‘yinlar bolalarga quvonch ulashish bilan birga, ularda jamoaviylik, epchillik, jasorat va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
To‘maris, Barchin va Alpomish kabi xalqimizning mardlik va matonat timsoliga aylangan qahramonlari obrazlari yoshlarimiz qalbida milliy g‘urur va tarixiy xotirani jonlantirdi.
Shuningdek, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, milliy taomlar, etnik liboslar namoyishi, folklor jamoalari, baxshilar va san’atkorlar chiqishlari festivalga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.
Bu kabi tadbirlar oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularning yozgi ta’tilini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.
Ushbu ezgu tashabbuslar respublikamizning barcha hududlari, mahallalari va ta’lim muassasalarida davom ettiriladi.
Tadbirda Bosh vazir o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Maxkamova ishtirok etdi hamda festival qatnashchilariga muvaffaqiyat
tiladi.
#Oilamiz_kelajagimiz
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati
Veb sayt |Facebook* |Instagram* |Youtube
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram