Bitiruvchi yoshlar bandligi – ustuvor masala
🎓Termiz iqtisodiyot va servis universitetida bitiruvchi talabalar bilan Qiziriq tumani mutasaddilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda Qiziriq tumani hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari
Husniddin Jovliyev, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi boshlig‘i
Shohrux Abbosov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
Saidahmad Abdurasulovlar qatnashdi.
📝Tadbirda bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish va
mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Mutasaddilar tomonidan tumandagi tashkilot va korxonalarda mavjud vakant lavozimlar, ishga joylashish tartibi, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.
✔️Uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan aniq javoblar oldilar.
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📷Instagram*/ 🚀Telegram/ 🌐 Website/ 📱You Tube /🔵Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram