avatar
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
@tisu_2022
10.04.2026 18:58
Abdulla Qodiriy ijodida so‘z sehri”

��Termiz iqtisodiyot va servis universitetida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tashabbusi bilan “Abdulla Qodiriy ijodida so‘z sehri” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Mazkur tadbir o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, buyuk adib Abdulla Qodiriy ijodini keng targ‘ib qilish, uning boy merosini talaba-yoshlar qalbiga chuqur singdirish maqsadida o‘tkazildi.

✒️Unda talaba-yoshlar tomonidan adibning mashhur asarlaridan parchalar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda uning ijodiga bag‘ishlangan badiiy chiqishlar katta qiziqish bilan kutib olindi. Xususan, yozuvchining milliy ruh, muhabbat va vatanparvarlik g‘oyalari aks etgan asarlari yodga olindi.

��Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Abdulla Qodiriy ijodining o‘zbek adabiyoti rivojidagi beqiyos o‘rni, uning asarlaridagi badiiy mahorat va teran ma’no haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

⚡️Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
Instagram*/ ��Telegram/ �� Website/ ��You Tube /��Facebook*
2 1.2K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

49.7K
Murojaat uchun telefonlar:
📞+998 55 452-77-77 / 95-412-07-07

Sayt: www.tues.uz
Rektorga murojaat: @TISU_rektor_bot
Открыть в Telegram