TISU MAKTAB BITURUVCHILARI UCHUN 5 MILLIARD SO‘MLIK GRANT E'LON QILADI
��Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti,
Davlat xavfsizlik xizmati Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda
viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmalari hamkorligida 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida uch bosqichli fan olimpiadasi o‘tkaziladi.
�� Fan olimpiadasi quyidagi yo‘nalishlarda test sinovi asosida bo‘lib o‘tadi:
1. Matematika
2. Ingliz tili
3. Rus tili
4. O‘zbek tili va adabiyoti
5. Tarix
6. Kimyo va biologiya
7. Informatika
1.Maktab bosqichi — 13-18-aprel kunlar
i
Umumta’lim maktablarining ichki-tartib qoidalari asosida tashkil etiladi.
2.Tuman, shahar bosqichi — 20-25-aprel kunlar
i
Tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladi
3.Viloyat bosqichi — 30-aprel kuni universitetning asosiy binosida bo‘lib o‘tadi.
��SOVRINLA
R
Tuman bosqichida 1-o‘rinni olgan barcha o‘quvchilar
50% grant asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Viloyat bosqichida
1-o‘rin – 12 mln. so‘m va 100% grant
2-o‘rin – 9 mln. so‘m 100% grant
3-o‘rin – 7 mln. so‘m 100% grant
Viloyat bosqichida o‘quvchisi g‘olib bo‘lgan o‘qituvchi va maktab direktorlari quyidagicha taqdirlanadi
:
1️⃣-o‘rin uchun o‘qituvchi – 5 mln. so‘m, maktab direktori - 7 mln. so‘m,
2️⃣-o‘rin uchun o‘qituvchi – 3 mln. so‘m, maktab direktori - 6 mln. so‘m,
3️⃣-o‘rin uchun o‘qituvchi – 2 mln. so‘m, maktab direktori - 5 mln. so‘m,
O‘quvchilari eng ko‘p o‘rin olgan tuman va shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlari ham taqdirlanadi
:
1️⃣-o‘rin – 50 mln. so‘m,
2️⃣-o‘rin – 30 mln. so‘m,
3️⃣-o‘rin – 15 mln. so‘m.
��
Mazkur fan olimpiadasida ishtirok etmoqchi bo‘lgan o‘quvchilar +99855-452-77-77
+99895-412-07-07
telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.
TASHKILIY QO'MITA
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ ��Telegram/ �� Website/ ��You Tube /��Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram