Ilm-fan va ta’lim uyg‘unligi: yangi hamkorlik sari muhim qadam
��O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari doktori, navoiyshunos olima Zulayho Rahmonova Termiz iqtisodiyot va servis universiteti rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.
❇️ Muloqot davomida tomonlar o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma fundamental va amaliy loyihalarni ishlab chiqish hamda ularni samarali amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, navoiyshunoslik, filologiya va boshqa ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda ilmiy tadqiqotlarni chuqurlashtirish, ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish borasida fikr almashildi.
��Aytish mumkinki, Fanlar akademiyasi va universitet o‘rtasidagi hamkorlik yangi istiqbollarni ochishi shubhasiz.
⚡️
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ ��Telegram/ �� Website/ ��You Tube /��Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram