#Amir_Temur_690_yilligi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida Tarix kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent
Faxriddin Yormatov hamda
kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga Sohibqiron Amir Temurning ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida ma’ruza qilindi.
Ma’ruza davomida Amir Temurning nafaqat buyuk sarkarda va davlat arbobi, balki ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlikni qo‘llab-quvvatlagan dono hukmdor sifatidagi faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Xususan, uning hukmronligi davrida Samarqand, Shahrisabz kabi shaharlarning ilm-ma’rifat markazlariga aylangani, olimlar, mutafakkirlar va hunarmandlarning faoliyati uchun keng imkoniyatlar yaratilgani alohida ta’kidlandi.
Tadbir davomida talabalarga Amir Temurning davlat boshqaruvi, adolat tamoyillari hamda “Temur tuzuklari”da aks etgan g‘oyalar haqida ham batafsil tushuntirishlar berildi. Mazkur qarashlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy tariximizga hurmat tuyg‘usini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ �
Telegram/ �
Website/ �
You Tube /�
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram