Professor-o‘qituvchilar uchun kengaytirilgan yig‘ilish
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida
professor-o‘qituvchilar ishtirokida
kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi. Unda universitet rektori, prorektorlar hamda professor-o‘qituvchilar qatnashib, oliy ta’lim muassasasining bugungi faoliyati va istiqboldagi vazifalari yuzasidan muhim masalalar muhokama qilindi.
Yig‘ilish davomida universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, xususan, o‘quv jarayoni sifatini yanada oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlash hamda talabalar davomati ustidan nazoratni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, interfaol metodlardan samarali foydalanish hamda talabalarning bilim darajasini oshirishga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar haqida fikr almashildi.
Yig‘ilish yakunida universitet jamoasi oldida turgan vazifalarni samarali amalga oshirish, ta’lim sifati va ilmiy salohiyatni yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ �
Telegram/ �
Website/ �
You Tube /�
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram