avatar
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
@tisu_2022
09.04.2026 13:40
Rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida har hafta Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan talaba-yoshlar uchun turli uchrashuv va muloqotlar tashkil etib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri sifatida universitetda rahbar va bitiruvchi yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Denov tumani hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i O.Karimova hamda Denov tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i I.Ismoilovlar ishtirok etib, bitiruvchi talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat olib bordi.

Tadbir davomida mutasaddilar yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni ish bilan ta’minlash jarayonida yaratilayotgan imkoniyatlar, hududlarda mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda davlat tomonidan amalga oshirilayotgan bandlik dasturlari haqida batafsil ma’lumot berdilar. Shuningdek, yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, o‘z biznes g‘oyalarini amalga oshirish, kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish hamda mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lish yuzasidan muhim tavsiyalar va takliflar bildirildi.

Bitiruvchi talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddilardan kerakli maslahat va tavsiyalar oldilar. Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlarning kelajak rejalari va kasbiy faoliyatini belgilashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��Instagram*/ Telegram/  Website/ 
You Tube /Facebook*
8
16 4.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

49.7K
Murojaat uchun telefonlar:
📞+998 55 452-77-77 / 95-412-07-07

Sayt: www.tues.uz
Rektorga murojaat: @TISU_rektor_bot
Открыть в Telegram