avatar
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
@tisu_2022
08.04.2026 15:46
#dars_jarayoni_nazorati

Termiz iqtisodiyot va servis universitetida ta’lim jarayonining sifatini oshirish, o‘quv dasturlarining samaradorligini ta’minlash hamda talabalarning dars jarayonidagi faollik darajasini aniqlash maqsadida muntazam ravishda ta’lim sifati monitoringi ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayon universitetning O‘quv-uslubiy boshqarmasi hamda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tomonidan tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir fakultet va yo‘nalishda o‘quv mashg‘ulotlari muntazam tahlil qilinmoqda.

Bugun o‘tkazilgan navbatdagi monitoring tadbirlari Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Surxondaryo filiali va Kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filialida joylashgan TISU Tibbiyot fakulteti klinik bazalarida bo‘lib o‘tdi.

Monitoring jarayonida dars mashg‘ulotlarining sifati, o‘quv dasturlari mazmunining amaliyot bilan uyg‘unligi, talabalarning kasbiy tayyorgarlik darajasi hamda o‘qituvchilarning zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanish ko‘nikmalari o‘rganildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��Instagram*/ Telegram/  Website/ 
You Tube /Facebook*
9
2 3.8K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

49.7K
Murojaat uchun telefonlar:
📞+998 55 452-77-77 / 95-412-07-07

Sayt: www.tues.uz
Rektorga murojaat: @TISU_rektor_bot
Открыть в Telegram