Talabalar malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli yakunladi
Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti
tarix ta’lim yo‘nalishining 2-bosqich talabalari hududlardagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tagan malakaviy amaliyotlarini muvaffaqiyatli yakunlab, yakuniy imtihonlarni topshirdilar.
Malakaviy amaliyot davomida talabalar umumta’lim maktablarida dars jarayonlarida faol ishtirok etib, tarix fanidan mashg‘ulotlar o‘tish, o‘quvchilar bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ular darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, interaktiv metodlardan foydalanish hamda o‘quvchilarning tarix faniga bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan turli usullardan samarali foydalandi.
Malakaviy amaliyot yakunida talabalar o‘z faoliyatlari yuzasidan batafsil
hisobotlar tayyorlab, maxsus komissiya oldida himoya qildi. Himoya jarayonida talabalarning amaliyot davomida olib borgan ishlari, dars mashg‘ulotlarini tashkil etish usullari, o‘quvchilar bilan ishlashda qo‘llagan innovatsion yondashuvlari hamda erishilgan natijalari atroflicha tahlil qilindi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ �
Telegram/ �
Website/ �
You Tube /�
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram