�� Kitob savdo yarmarkasi
Termiz iqtisodiyot va servis universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularning ilmiy hamda badiiy adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida
Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar fakultetida kitob savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada turli yo‘nalishlarga oid ilmiy, badiiy hamda tarixiy adabiyotlar talabalarga taqdim etildi. Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlari qiziqqan kitoblar bilan yaqindan tanishib, ularni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Kitob savdo yarmarkasi nafaqat kitob xarid qilish, balki
mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish, yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Tadbir jarayonida talaba-yoshlar o‘zlari sevgan asarlari, mashhur adiblar ijodi haqida fikr almashib, kitobxonlikning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati haqida qiziqarli suhbatlar uyushtirdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ �
Telegram/ �
Website/ �
You Tube /�
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram