Samarqand – tarix va ma’naviyat maskaniga sayohat
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
Xorijiy til va adabiyoti kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ichki turizmni rivojlantirish hamda mamlakatimizning boy tarixiy-madaniy merosi bilan yaqindan tanishish maqsadida
Samarqand viloyatiga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ular
Registon maydoni, Go‘ri Amir maqbarasi, Imom Buxoriy majmuasi, Doniyor ota maqbarasi hamda Hazrati Xizr masjidini ziyorat qildilar. Professor-o‘qituvchilar ushbu tarixiy qadamjolar bilan yaqindan tanishib, Samarqandning boy tarixiy merosi va betakror me’morchiligidan katta taassurot olishdi.
Mazkur sayohat professor-o‘qituvchilar uchun nafaqat tarixiy obidalar bilan tanishish, balki jamoa bo‘lib madaniy hordiq chiqarish, o‘zaro fikr almashish hamda milliy qadriyatlarimizni yana bir bor chuqur anglash imkonini yaratdi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ �
Telegram/ �
Website/ �
You Tube /�
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram