#Qonunchilik_yangiliklari
“spin-off” korxonalarida professor-o‘qituvchilar, talaba va izlanuvchilar ham faoliyat yuritad
i
Korxonalar faoliyat davrida:
korxonalarda muassisning
professor-o‘qituvchilari (ilmiy xodimlari) yoki talaba, izlanuvchilari ham faoliyat ko‘rsatishi talab etiladi;
korxonaga
investorlar tomonidan investitsiya kiritishga oid kelishuvlar bo‘yicha
vakolatli davlat organining xulosasi talab etilmaydi;
korxonalarning
sof foydasini davlat ulushi bo‘yicha dividendga yo‘naltirmasdan, vakolatli organlar ruxsatisiz korxonaning ustav fondidagi davlat ulushini oshirish orqali
reinvestitsiya qilishga ruxsat etiladi;
korxonalar istiqbolsiz, faoliyat ko‘rsatmayotgan, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalar sifatida tugatilmaydi;
investitsiya davri yakunida korxonalardagi davlat ulushi bozor qiymatida korxonalarning boshqa ishtirokchilariga sotib olish uchun taklif etiladi, ular tomonidan rad etilgan taqdirda ushbu qiymatda
ommaviy savdolarga qo‘yiladi.
2026-yil
1-maydan boshlab quyidagilarga ruxsat beriladi:
muassislarga o‘zining
bo‘sh turgan bino va inshootlarini investitsiya davrida tekin foydalanish huquqi asosida korxonalarga berish;
muassislarning bo‘sh turgan yer uchastkalarida korxonaga 5 yilgacha muddatga ijaraga berish orqali yengil konstruksiyali, buzib olib ko‘chirish imkoniyati mavjud bo‘lgan obyektlarni qurish;
muassislarga o‘zining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan korxonalarni muayyan muddatda
qaytarish sharti bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
Bizni kuzatin
g
Facebook* | Instagram* |
YouTube | Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram