Talabalarini malakaviy amaliyotga kuzatish marosimi
Tibbiyot fakulteti
stomatologiya yo‘nalishinining 3-bosqich talabalari uchun malakaviy amaliyotga kuzatish marosimi tashkil etildi. Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.
Tadbir davomida fakultet dekani
B. Babamuratov so‘zga chiqib, talabalarga malakaviy amaliyotning mazmuni va ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berdi. U o‘z nutqida amaliyot jarayoni talabalarning nazariy bilimlarini mustahkamlash, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hamda kelajakdagi faoliyatiga tayyorgarlik ko‘rishda muhim bosqich ekanini ta’kidladi.
Shuningdek, talabalarga amaliyot davomida rioya qilinishi lozim bo‘lgan
tartib-qoidalar, mehnat intizomi hamda
xavfsizlik choralari haqida tushuntirishlar berildi. Bu jarayonda mas’uliyatli bo‘lish, bemorlar bilan muloqot madaniyatiga rioya qilish hamda amaliyot o‘tayotgan muassasalarning ichki tartib-qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligi alohida qayd etildi.
Amaliyot davomida har bir talaba guruhi uchun tajribali amaliyot rahbarlari biriktirilgan bo‘lib, ular talabalarga zarur metodik va amaliy yordam ko‘rsatadi.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ �
Telegram/ �
Website/ �
You Tube /�
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram