��
Akademik qarzdorlik: Dars qoldirish va kursdan qoldirilish tartibi
Kredit-modul tizimida talabaning darslarda qatnashishi juda muhim hisoblanadi. Chunki dars qoldirish nafaqat bahoga, balki talabaning keyingi o‘qish jarayoniga ham bevosita ta’sir qiladi.
Kredit-modul tizimi qanday ishlay
di?
Odatda bir fan quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1 ta fan — 6 kredit
1 kredit — 30 soat
Jami: 180 soat
Bu 180 soat ikki qismga bo‘linadi:
72 soat (40%) — auditoriya mashg‘ulotlari
108 soat (60%) — mustaqil ta’lim
❓ Dars qoldirish limiti qa
ncha?
Talaba auditoriya mashg‘ulotlarining
¼ qismigacha, ya’ni
18 soatgacha dars qoldirishi mumkin.
Agar talaba 18 soat yoki undan ko‘p dars qoldirsa:
️
Yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Akademik qarzdor talaba k
im?
Quyidagi holatlarda talaba akademik qarzdor hisoblanadi:
Yakuniy nazoratga kiritilmasa;
Fan bo‘yicha baholashdan o‘ta olmasa.
Kursdan qoldirilish tartibi
Agar talaba yakuniy nazoratga kira olmasa yoki fan bo‘yicha qarzdor bo‘lib qolsa:
Kursdan qoldiriladi.
Talaba maksimal necha yil o‘qishi mumkin?
Agar talaba bir necha bor akademik qarzdor bo‘lib, kursdan qolib ketsa,
bakalavriat bosqichida 8 yilgacha o‘qish imkoniyati mavjud.
Kredit-modul tizimida davomat juda muhim. Atigi 18 soat dars qoldirish talabaning yakuniy nazoratga kiritilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu esa akademik qarzdorlik va kursdan qolishga olib keladi.
Shu sababli har bir talaba darslarda muntazam qatnashib, davomati ustidan jiddiy nazorat olib borishi zarur.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ �
Telegram/ �
Website/ �
You Tube /�
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram