Geologiya xodimlari – yer qa’rining fidoyi tadqiqotchilari
Har yili
aprel oyining birinchi yakshanbasida mamlakatimizda
Geologiya xodimlari kuni keng nishonlanadi. Ushbu sana yer qa’rini o‘rganish, tabiiy boyliklarni aniqlash hamda ularni oqilona va samarali foydalanish yo‘lida mehnat qilayotgan geologlarning mashaqqatli va sharafli faoliyatiga hurmat ifodasi sifatida nishonlanadi.
��Geologiya sohasi davlatimiz iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Yer osti boyliklarini aniqlash, yangi konlarni izlab topish, tabiiy resurslardan samarali foydalanish jarayonida geologlarning hissasi beqiyosdir. Ular tog‘lar bag‘rida, cho‘llar va keng hududlarda izlanish olib borib, mamlakatimizning mineral-xomashyo bazasini boyitishga xizmat qiladilar.
Geologlarning mehnati ko‘pincha og‘ir sharoitlarda, uzoq hududlarda olib boriladi. Shunga qaramay, ular o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashib, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligida muhim natijalarga erishmoqda.
Geologiya xodimlari kuni munosabati bilan barcha geologiya sohasi xodimlarini samimiy tabriklab, ularga mustahkam sog‘lik, ilmiy izlanishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ �
Telegram/ �
Website/ �
You Tube /�
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram