avatar
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
@tisu_2022
04.04.2026 11:03
#Akademik_burchak

RASMIY OPPONENT KIM?

OAK talablaridan ma’lumki, yetakchi tashkilot va rasmiy opponentlar Ilmiy kengash tomonidan dissertasiyani himoyaga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilinganidan keyin tasdiqlanadi.

Ilmiy kengashda dissertasiya himoyaga qabul qilingan kundan boshlab 5 kun ichida dissertasiya va dissertasiya avtoreferati loyihasi Ilmiy kengash tomonidan rasmiy opponentlar va etakchi tashkilotga kuzatuv xati orqali yuboriladi.

Ilmiy kengash dissertasiya yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqotlar olib borayotgan olimlaridan rasmiy opponentlar tayinlaydi.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya bo‘yicha 2 nafar rasmiy opponent tayinlanadi, ulardan biri fan doktori bo‘lishi kerak, ikkinchisi esa, fan doktori yoki falsafa doktori (PhD) bo‘lishi mumkin. Rasmiy opponentlarning 1 nafari himoya o‘tayotgan Ilmiy kengash a’zosi bo‘lishi kerak.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya bo‘yicha fan doktorlari yoki professorlar orasidan 3 nafar rasmiy opponent tayinlanadi, bunda ulardan 1 nafari himoya o‘tayotgan Ilmiy kengash a’zosi bo‘lishi kerak. Ayrim hollarda, istisno tariqasida, Ilmiy kengashning 2 nafar a’zosi OAK bilan kelishilgan holda rasmiy opponent bo‘lishi mumkin.

✅ Rasmiy opponentlar turli tashkilotlarning xodimlari bo‘lishi lozim.

��‍♂️Quyidagilar rasmiy opponent bo‘la olmaydilar:
OAК Rayosati a’zolari;

OAК apparati xodimlari;

OAК ekspert kengashlari a’zolari (ekspert kengashi yo‘nalishidagi dissertasiyalar bo‘yicha);

dissertasiyani ko‘rib chiqayotgan Ilmiy kengash raisi, rais o‘rinbosari va ilmiy kotibi;

talabgorning ilmiy rahbari (k
onsultanti);

Zarur hollarda, Ilmiy kengash raisining o‘rinbosari yoki ilmiy kotibi OAKning ruxsati bilan rasmiy opponent qilib tayinlanishi mumkin.

Rasmiy opponent dissertasiya, dissertasiya avtoreferati va dissertasiya mavzusi bo‘yicha e’lon qilingan ishlarni o‘rganib chiqib, o‘z fikrini Ilmiy kengashga taqriz shaklida taqdim etadi. Taqrizda tanlangan mavzuning dolzarbligi, dissertasiyada keltirilgan ilmiy tafsilot, asosiy natijalar, xulosa hamda amaliy va nazariy tavsiyalar qay darajada asoslanganligi va yangiligi, shuningdek dissertasiyaning unga qo‘yilgan talablarga muvofiqligi aks ettiriladi.

Rasmiy opponentlarning taqrizi nusxalari Ilmiy kengash tomonidan dissertasiya himoyasidan kamida 5 kun oldin talabgorga topshirilishi kerak.

Rasmiy opponent o‘zi tayyorlagan taqrizning xolis va sifatli bo`lishi hamda Ilmiy kengash belgilagan muddatda taqdim etilishi uchun mas’uldir.

Rasmiy opponentning taqrizi unga qo‘yilgan talablarga javob bermagan taqdirda, Ilmiy kengash taqrizni qayta ishlash uchun rasmiy opponentga qaytarib berishga yoki rasmiy opponentni almashtirishga haqli. Bunda dissertasiya himoyasi boshqa kunga qoldiriladi.

Ilmiy kengash tomonidan xorijiy mamlakatlarning tegishli ta’lim muassasalari va ilmiy markazlari kelishuv asosida etakchi tashkilot, chet ellik taniqli mutaxassis-olim esa, uning roziligi bilan dissertasiya himoyasi yuzasidan rasmiy opponent etib tayinlanishi mumkin.

Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya himoyasida, qoida tariqasida, rasmiy opponentlarning hammasi qatnashishi shart.

Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiyaga ijobiy taqriz bergan bitta rasmiy opponent uzrli sabablarga ko‘ra dissertasiya himoyasida ishtirok eta olmagan taqdirda, himoyaga ruxsat beriladi. Bunda ushbu opponentning taqrizi ilmiy kotib tomonidan Ilmiy kengash majlisida to‘liq o‘qib eshittiriladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��Instagram*/ Telegram/  Website/ 
You Tube /Facebook*
6
11 5.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

49.7K
Murojaat uchun telefonlar:
📞+998 55 452-77-77 / 95-412-07-07

Sayt: www.tues.uz
Rektorga murojaat: @TISU_rektor_bot
Открыть в Telegram