Xorijlik olim Termiz iqtisodiyot va servis universitetida
Janubiy Daniya universiteti qoshidagi Mad Klausen instituti professori, hamyurtimiz, kimyo fanlari doktori
Mirabbos Hojamberdiyev Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga tashrif buyurdi. Mazkur tashrif universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy salohiyatini oshirishga qaratilgan muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi.
Tashrif davomida mehmon universitetning ilmiy-tadqiqot faoliyati, laboratoriya imkoniyatlari hamda talabalarga yaratilgan zamonaviy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Professor Mirabbos Hojamberdiyev ta’lim jarayonida ilmiy izlanishlarni kuchaytirish, yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqaro ilmiy maydonda faol ishtirok etishning ahamiyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Ma'lumot uchun: Mads Clausen instituti (MCI) XXI asrning muhim ijtimoiy muammolarini hal etishga qaratilgan bo‘lib, uning asosiy e’tibori iqlim, sog‘liqni saqlash va innovatsiyalar sohalariga qaratilgan. Institut Odense va Sonderborg shaharlaridagi markazlari orqali nanotexnologiya, fotonika, sensorlar va materialshunoslik yo‘nalishlarida yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lib, xalqaro miqyosda katta e’tirofga sazovor bo‘lgan. Mads Clausen instituti Janubiy Daniya universitetining Funen orolidagi asosiy kampusida hamda Sonderborg shahridagi Alsion majm
uasida joylashgan.
Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��
Instagram*/ �
Telegram/ �
Website/ �
You Tube /�
Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram