avatar
Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
@tisu_2022
03.04.2026 17:20
Amir Temur tavalludining 690 yilligi

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Surxondaryo viloyat kengashi bilan hamkorlikda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda universitetning Tarix kafedrasi mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent Faxriddin Yormatov hamda tarix yo‘nalishining 1-bosqich talabalari faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida Amir Temurning boy tarixiy merosi, uning davlat boshqaruvidagi ulkan tajribasi, harbiy san’ati hamda bugungi avlod uchun ibrat bo‘ladigan hayot yo‘li haqida atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Uchrashuv davomida talabalarga buyuk ajdodimizning tarixdagi o‘rni, milliy davlatchilik taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizni kuzatib boring!
��Instagram*/ Telegram/  Website/ 
You Tube /Facebook*
5 6.3K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

49.7K
Murojaat uchun telefonlar:
📞+998 55 452-77-77 / 95-412-07-07

Sayt: www.tues.uz
Rektorga murojaat: @TISU_rektor_bot
Открыть в Telegram