avatar
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
@tiftuz
15.04.2026 19:18


TIFT universitetida hamkorlik doirasi kengaymoqda!

Samarqandda o'tkazilgan Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi doirasida TIFT universiteti xalqaro hamkorligini yanada kengaytirdi.

Xususan, universitetimiz hamda Polsha davlat University of Gdansk o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Gdansk University Polshaning yetakchi davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, mamlakatdagi TOP universitetlar qatoriga kiradi hamda Iqtisodiyot, Menejment, Bank-moliya, Xalqaro munosabatlar, Marketing, Matematika, Axborot texnologiyalari, Ingliz tili filologiyasi kabi yo‘nalishlari bilan mashhur.

Mazkur memorandumga muvofiq, tomonlar o‘rtasida 1+1 va 2+2 ta’lim dasturlari, qo‘shma ta’lim (dual degree) loyihalari, talabalar almashinuvi dasturlari, professor-o‘qituvchilar almashinuvi va ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Ushbu hamkorlik talabalarga Yevropa ta’lim standartlari asosida bilim olish va global tajriba orttirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi


Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam

Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
👍 15
8
👏 5
🎉 3
🥰 2
2
❤‍🔥 1
🔥 1
🤩 1
🙏 1
6 3.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

12.5K
🏛 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti rasmiy kanali

✅Официальный канал Университета TIFT

✅Davlat litsenziyasi: №519622

☎️ Aloqa uchun: +998712029229 9:00-18:00
Открыть в Telegram