avatar
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
@tiftuz
13.04.2026 16:33
Xalqaro konferensiya

Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi o‘z ishini boshladi.

Mazkur nufuzli tadbir Samarqand shahrida o‘tkazilmoqda hamda unda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqiga a’zo mamlakatlardan vazirlar, vazir o‘rinbosarlari, shuningdek 300 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti rahbariyati ham mazkur xalqaro kongressda faol ishtirok etib, ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish hamda yangi istiqbolli loyihalarni yo‘lga qo‘yish yo‘lida o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Xususan, kongress doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlaridan 45 ta universitetdan 80 nafardan ortiq vakillar, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 20 dan ortiq universitetdan 40 nafardan ziyod ishtirokchilar, shuningdek O‘zbekistondan 80 dan ortiq oliy ta’lim muassasalaridan 200 nafardan ortiq vakillar qatnashmoqda.

Mazkur kongress oliy ta’lim tizimini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va innovatsion yondashuvlarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam

Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
👍 9
🔥 9
5
👏 3
❤‍🔥 2
🎉 1
👨‍💻 1
🤗 1
1 3.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

12.5K
🏛 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti rasmiy kanali

✅Официальный канал Университета TIFT

✅Davlat litsenziyasi: №519622

☎️ Aloqa uchun: +998712029229 9:00-18:00
Открыть в Telegram