🕌
Islom sivilizatsiyasi markaziga sayohat
Talabalarimiz Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, boy tarixiy merosimiz, islom tamadduni va buyuk allomalarimizning ilm-fan rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan yaqindan tanishdilar.
Mazkur tashrif davomida talabalar nafaqat tarixiy eksponatlar bilan tanishish, balki milliy va diniy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglash imkoniga ega bo‘ldilar. Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlar ongida milliy o‘zlikni mustahkamlash, tarixiy merosga hurmat ruhini oshirishga xizmat qiladi.
Universitetimiz kelgusida ham talabalar uchun shunday mazmunli va foydali tashriflarni muntazam tashkil etib boradi.
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 7
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram