avatar
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
@tiftuz
07.04.2026 20:48
"TIFT MALIKASI" tanlovi!

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti tomonidan yilning eng nufuzli va hayajonli tanlovlaridan biri — “TIFT malikasi” tanlovi e’lon qilinadi.

Mazkur tanlov talabalarning nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki intellektual salohiyati, ijodkorligi va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini namoyon etishga xizmat qiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi shartlar belgilangan:
1️⃣ Milliy kiyim va urf-odatlar orqali o‘zingizni tanishtirish
2️⃣ Mantiqiy savollar orqali zakovatingizni namoyish etish
3️⃣ Oshpazlik mahoratingizni — bayram salati tayyorlash hamda karving san’ati orqali ko‘rsatish
4️⃣ Erkin mavzuda o‘z iqtidoringizni taqdim etish

Tanlov yakunida g‘oliba “TIFT malikasi” ko‘chma toji hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Shuningdek, barcha ishtirokchilar munosib rag‘batlantiriladi.

Tanlov joriy yilning 22-aprel kuni o'tkaziladi. Ishtirok etish istagida bo‘lgan talabalar 10-aprelga qadar USHBU GURUHGA qo’shilib murojaat qilishlari so’raladi.

Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam

Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
12
👏 6
🥰 5
🤩 2
👍 1
😁 1
🏆 1
🤗 1
1
1 71 5.1K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 1

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

12.5K
🏛 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti rasmiy kanali

✅Официальный канал Университета TIFT

✅Davlat litsenziyasi: №519622

☎️ Aloqa uchun: +998712029229 9:00-18:00
Открыть в Telegram