🎓 Qadrli TIFT talabalari!
Universitetimizda buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan
“Temur tuzuklari” asari bo‘yicha maxsus chellenj e’lon qilinadi.
Ushbu chellenjdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar o‘rtasida milliy merosimizni keng targ‘ib etish, tarixiy tafakkurni rivojlantirish hamda buyuk ajdodimizning dono hikmatlarini chuqur o‘rganishdan iborat.
📅 Kitobni o‘qib tugatish muddati - 18 aprel
G‘oliblar kitob yuzasidan tuzilgan 10 ta onlayn test yechish orqali aniqlanadi. Test barcha ishtirokchilar uchun bir vaqtda boshlanadi.
G'OLIBLAR esdalik sovg'alari hamda rektor tomonidan imzolangan diplom bilan taqdirlanadi!
Keling, birgalikda buyuk merosimizni o‘rganamiz va targ‘ib qilamiz!
Tanlovda ishtirok etish uchun guruhga qo'shiling:
https://t.me/tift_kitobxon_challenge
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram