Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti “Iqtisodiy statistika va ma’lumotlar tahlili” fanidan Respublika fan olimpiadasiga start beradi!
OLIMPIADA BOSQICHLARI:
O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 3-aprel, 10:00
1-bosqich – Test sinovi
Ishtirokchilar statistika va ma’lumotlar tahlili bo‘yicha savollarga test shaklida javob berishadi.
Eng yuqori natija ko‘rsatganlar keyingi bosqichga o‘tadi.
2-bosqich – Yozma ish
Nazariy savollarga batafsil va asosli yozma javob berish talab etiladi. Tahliliy fikrlash va ilmiy yondashuv yuksak qadrlanadi.
O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 4-aprel, 10:00
3-bosqich – Masala yechish
Murakkab statistik masalalarni yechish orqali ishtirokchilarning amaliy bilim va ko'nikmalar sinovdan o'tkaziladi.
4-bosqich – Og'zaki savol-javob
Iqtisodiy va moliyaviy vaziyatlarga doir keyslarni, qonuniyatlarni, jadval va diagrammalar tahlili bo‘yicha savollarga og‘zaki javob berish orqali ishtirokchilar mantiqiy fikrlash darajasi baholanadi.
Ariza qoldirish uchun guruhga qo'shiling:
https://t.me/+-v3uCewnJ8syNjA6
Auditoriya haqida guruhda qo'shimcha e'lon qilinadi.
Statistika va ma’lumotlarni tahlil qilish bo‘yicha o‘z mahoratingizni namoyish eting!
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram