🏗 Zamonaviy arxitektura bo‘yicha amaliy trening o‘tkazildi!
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida zamonaviy arxitektura sohasining yetuk mutaxassisi,
“Nest One Tower” loyihasi asoschisi va muallifi Özgür Onur Özgüven tomonidan talabalarimiz uchun yana bir muhim va ilhomlantiruvchi uchrashuv tashkil etildi.
Trening davomida spiker o‘zining xalqaro tajribasiga tayangan holda talabalar bilan yirik arxitektura loyihalarini boshqarish sirlari, innovatsion qurilish texnologiyalari, zamonaviy shaharsozlik va arxitektura menejmenti mavzulari yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olishdi va real loyiha tajribalari bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.
TIFT universiteti xalqaro hamkorlik va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirish orqali talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda davom etmoqda.
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram