Sizga nafaqat nazariy bilimingizni ko‘rsatish, balki real geosiyosiy vaziyatlarni tahlil qilish va notiqlik san’atingizni namoyon etish imkoniyati taqdim etiladi.
AFZALLIKLARI: o‘z sohangizning eng kuchli talabalari bilan raqobatlashasiz; diplomatik muzokaralar va tahliliy matn yozish; ko‘nikmalaringizni charxlaysiz; universitet miqyosida tanilasiz hamda diplomlarga ega bo‘lasiz; eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar g‘oliblar xorijiy diplomatik vakolatxonalarda amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.
OLIMPIADA BOSQICHLARI VA SHARTLARI:
- BOSQICH:30 ballik “Test sinovi” (40 daqiqalik vaqt ichida xalqaro munosabatlar tarixi, nazariyasi va hozirgi kundagi geosiyosiy jarayonlar bo‘yicha 30 ta test savoliga javob beriladi); O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 27-mart.
- BOSQICH:40 ballik “Tahliliy ish (Esse)” (60 daqiqalik vaqt ichida berilgan global muammo masalan, “Yashil diplomatiya” yoki “Markaziy Osiyo integratsiyasi” kabi mavzular bo‘yicha tahliliy maqola (esse) yoziladi); O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 10-aprel.
- BOSQICH: 30 ballik “Nutq mahorati va debat” (Har bir finalchilar 10 daqiqalik vaqt ichida hakamlar oldida ma’lum bir davlat pozitsiyasini himoya qiladi yoki “BMT modeli” formatida bahslashadi);
O‘tkazilish joyi va vaqti:har bir bosqich uchun belgilangan sanalarda universitetning 1-binosi 500-xonasida soat 11-00 da o‘tkaziladi.
Tayyorgarlikni hoziroq boshlang! Dunyo siyosati sizning tahlillaringizni kutmoqda! Ariza qoldirish uchun guruhga qo'shiling: https://t.me/+PgkWtp0udZk3MjQy
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram