avatar
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
@tiftuz
24.03.2026 14:13
TIFT UNIVERSITETI BO‘LAJAK TARIXCHILARI DIQQATIGA!

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va tarix” kafedrasi tomonidan “TARIX BILIMDONLARI” olimpiadasi o‘tkaziladi!

AFZALLIKLARI:
o‘z sohangizning eng kuchli talabalari bilan raqobatlashasiz; 
tarix faniga oid mulohazalaringiz va tahliliy matn yozish ko‘nikmalaringizni mustahkamlaysiz;
universitet miqyosida tanilasiz va esdalik sovg‘alari hamda diplomlarga ega bo‘lasiz;
eng yuqori ball to‘plagan 3 nafar g‘oliblar O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazda amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritadilar.


OLIMPIADA BOSQICHLARI VA SHARTLARI:

- BOSQICH: 30 ballik “Test sinovi” (40 daqiqalik vaqt ichida O'zbekiston tarixi, Jahon tarixi va tarixiy atamalar bo‘yicha 30 ta test savoliga javob beriladi);
O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 25-mart.

- BOSQICH: 40 ballik “Yozma ish (Tahlil)” (60 daqiqalik vaqt ichida 1 ta tarixiy davlat va 1 ta tarixiy shaxs asosida  3-4 betlik tahliliy yozma ish yoziladi);
O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 8-aprel.

- BOSQICH: 30 ballik “Tarixiy xarita bilan ishlash" (Har bir finalchilar 10 daqiqalik (5 daqiqa tayyorgarlik +5 daqiqa og'zaki chiqish) vaqt ichida berilgan xarita asosida davrni aniqlash, hududiy va siyosiy jarayonni tahlil qilish);

O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 15-aprel.
Umumiy maksimal natija 100 ballik tizimda aniqlanadi.

O‘tkazilish joyi va vaqti: har bir bosqich uchun belgilangan sanalarda universitetning 2-binosi 402-xonasida soat 11-00 da o‘tkaziladi.

O‘tmishni o‘rganib, kelajakni qurishga tayyormisiz? Unda sizni “Tarix bilimdonlari” olimpiadasida kutamiz!

Ariza qoldirish uchun guruhga qo'shiling:
https://t.me/+FASRMBfnJmBiY2Ri

Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam

Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
6
🔥 3
🏆 3
🤩 1
👨‍💻 1
1
1
32 6.7K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

12.5K
🏛 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti rasmiy kanali

✅Официальный канал Университета TIFT

✅Davlat litsenziyasi: №519622

☎️ Aloqa uchun: +998712029229 9:00-18:00
Открыть в Telegram