TIFT va SQB o‘rtasida muhim hamkorlik yo‘lga qo‘yildi
“SANOAT QURILISH BANK” Boshqaruvi tomonidan
TIFT universiteti talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida bank sohasi, zamonaviy moliyaviy tizim va talabalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir doirasida TIFT universiteti va SQB o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur memorandum: talabalar uchun amaliyot o‘tash imkoniyatlarini kengaytirish, malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy va amaliy hamkorlikni rivojlantirish hamda iqtidorli talabalarni ishga qabul qilish kabi muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga oldi.
TIFT — nazariya va amaliyotni birlashtirgan, talabalarga real imkoniyatlar yaratadigan universitet
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram