“Yoshlar fasli modalar haftaligi” doirasida milliy liboslar tanlovi o'tkazildi!
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida “Yoshlar fasli modalar haftaligi” doirasida milliy liboslar tanlovi yuqori saviyada tashkil etildi.
Mazkur tanlovda talabalar o‘zlarining ijodkorligi, didi va milliy qadriyatlarga bo‘lgan munosabatini namoyon etdilar. Ishtirokchilar milliy va zamonaviy uslubni uyg‘unlashtirgan holda original g‘oyalarini taqdim etib, ushbu g‘oyalar asosida tayyorlangan liboslarni ko‘rgazmada namoyish etdilar.
Tadbir davomida rang-barang va o‘ziga xos liboslar barchaga estetik zavq ulashdi hamda milliy an’analarimizning zamonaviy talqini yana bir bor namoyon bo‘ldi.
TIFT — ijod, did va milliy qadriyatlar uyg‘unlashgan maskan
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 2
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram