Zulfiya izdoshlari TIFTda: nafosat va ilm uchrashuvi
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida ijodkor talabalar uchun sheriyat, ilm va muvaffaqiyat uyg‘unlashgan samimiy va motivatsiyaga boy uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv mehmoni — o‘z yutuqlari va faoliyati bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan, Z
ulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori Naima Anvarova bo‘ldi.
Muloqot davomida maqsad sari intilish va yuksak natijalarga erishish yo‘llari, jamiyatda qizlarning o‘rni va zamonaviy ta’limning ahamiyati, shaxsiy rivojlanish va karyerada muvozanatni saqlash kabi muhim mavzular yoritildi.
Savol-javoblarga boy o‘tgan ushbu uchrashuv talaba-qizlarimiz uchun nafaqat bilim, balki kuchli motivatsiya manbai bo‘ldi.
TIFT — yoshlar, ayniqsa, qizlar salohiyatini qo‘llab-quvvatlaydigan universitet
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram