Talabamiz respublika olimpiadasida g’olib bo‘ldi!
Universitetimizning 2-bosqich talabasi Muxtorova Mohira respublika miqyosida o‘tkazilgan
“Moliyaviy savodxon yosh iste’molchi” onlayn olimpiadasida muvaffaqiyatli ishtirok etib,
2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Mazkur olimpiadada respublikamiz bo‘ylab 1500 ga yaqin talaba qatnashib, moliyaviy bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.
Mohiraning ushbu yutug‘i TIFT talabalarining bilim darajasi va salohiyati yuqori ekanini yana bir bor namoyon etdi.
Talabamizni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz va ota-onasi, ta’lim berayotgan ustozlariga rahmat aytib,
kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram