DIQQAT! TIFT Universitetida π–MARAFONI!
Pi Day (π kuni) munosabati bilan
TIFT Universiteti "Matematika" kafedrasi tomonidan 14-mart kuni talabalar o‘rtasida
“π–marafon” intellektual musobaqasi tashkil etiladi.
Barcha matematika ixlosmandlarini faol ishtirok etishga taklif etamiz.
YO‘NALISHLAR:
Rubik kubigini yig‘ish (yakkalik)
Eng qisqa vaqt ichida to‘liq yig‘gan ishtirokchi g‘olib bo‘ladi.
🔢
Sudoku yechish (yakkalik)
Eng tez va xatosiz yechim taqdim etgan ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
Taqdimot yaratish (jamoaviy)
2–5 nafar ishtirokchi
Mavzu: matematika yoki π soni
Davomiyligi: 2 daqiqadan oshmasligi shart
Sun’iy intellekt yordamida rasm yaratish (jamoaviy)
2–5 nafar ishtirokchi
Mavzu matematika va π kuniga bag‘ishlangan bo‘lishi kerak
2 daqiqalik taqdimot bilan himoya qilinadi
Matematika va matematik mantiq bo‘yicha π-marafon (jamoaviy)
Tezkor savol-javob va mantiqiy masalalar
Eng ko‘p ball to‘plagan jamoa g‘olib bo‘ladi
SHARTLAR:
1- va 2-yo‘nalishlar
I-bino, 500-xonada o‘tkaziladi
Barcha yo‘nalishlar hakamlar hay’ati tomonidan baholanadi
G‘olib va sovrindorlar
diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi
14-mart
10:00
I-bino, 500-xona
Tezlik, aniqlik va mantiqiy fikrlashingizni sinab ko‘ring!
π–marafonda faol ishtirok eting!
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 1
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram