“Agar ayollar bo‘lmaganda...?”
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti jamoasi barcha ayollarni — aziz onalarimizni, mehribon opa-singillarimizni, qadrli ustozlarimizni hamda iqtidorli talaba-qizlarimizni
8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy tabriklaydi.
Ayollar — mehr va muhabbat timsoli, oilalarimiz tayanchi, jamiyatimizning ilhom manbai hisoblanadi. Sizlarning bilimga chanqoqligingiz, matonatingiz va fidoyiligingiz Vatanimiz taraqqiyotiga katta hissa qo‘shmoqda.
Sizlarga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, cheksiz ilhom va yangi-yangi yutuqlar tilaymiz. Har bir kuningiz quvonch, e’tibor va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin.
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram