avatar
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
@tiftuz
07.03.2026 18:40
TIFT talabalari bilan ochiq muloqot

Mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan yoshlar siyosati doirasida har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni” etib belgilangani yoshlar bilan ishlash tizimini yanada faollashtirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida “Biznesni rivojlantirish banki” rahbariyati ishtirokida talabalar bilan "Yoshlarni vatanparvar, professional, qadri va qiymati baland mutaxassis qilib tarbiyalash - bosh maqsadimiz" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari Oybek Voxidov tomonidan talabalarga bank tizimidagi so‘nggi yangiliklar, moliya sohasida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda kasbiy rivojlanish yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bank tizimida faoliyat yuritish, amaliyot o‘tash va professional rivojlanish imkoniyatlari haqida qimmatli tavsiyalar oldilar.

TIFT — yoshlar uchun imkoniyatlar maydoni

Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam

Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
8
🔥 5
👨‍💻 4
4
🎉 3
👍 2
🤩 1
1
21 17.9K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti

12.5K
🏛 Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti rasmiy kanali

✅Официальный канал Университета TIFT

✅Davlat litsenziyasi: №519622

☎️ Aloqa uchun: +998712029229 9:00-18:00
Открыть в Telegram