Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
@tiftuz
Hurmatli universitet jamoasi – aziz professor-o‘qituvchilar, fidoyi xodimlar, qadrli talabalar va ularning ota-onalari!
24 fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tkazilgan muloqotda yoshlarga oid tarixiy muvaffaqiyatlar, tashabbus va qarorlar ilgari surildi. Mazkur vazifalar TIFT universiteti uchun ham dasturilamal ahamiyat kasb etadi.
Yig‘ilishda Vatanimiz yoshlari tomonidan erishilgan yutuqlar e'tirof etildi:
Yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi nufuzli oliygohlarda tahsil olayotgan yoshlar 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi.
Yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va BAA kabi davlatlar bozoriga kirib bordi.
Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi bo‘ldi.
Ushbu yutuqlar orasida TIFT universiteti talabalarining ham borligi cheksiz faxr-iftixor bag'ishlaydi.
Davlatimiz rahbari tomonidan quyida belgilab berilgan barcha imkoniyat va vazifalarni universitetimiz hayotiga tizimli ravishda joriy etishni ustuvor vazifa sifatida belgilaymiz.
1. Yoshlar bilan ishlash – mutlaq ustuvor vazifa sifatida har payshanba “Yoshlar kuni” o‘tkaziladi. Universitetimizda ham shu kuni rektor va mas’ul rahbarlar tomonidan ochiq muloqotlar o‘tkaziladi. Talabalar muammolari joyida hal qilinadi. Talabalar tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanadi.
2. Bitiruvchilar bandligi va “Mening birinchi kasbim” dasturi doirasida bitiruvchilarga stajirovka asosida oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lanadi. Kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga 10 milliard so‘mgacha kredit ajratiladi.
3. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratiladi. Innovatsion startaplarga 100 ming dollargacha investitsiya kiritiladi. “Ko‘mak” loyihasi doirasida biznesini kengaytirsa 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi.
4. Har bir hududda “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi. Harvard University va Stanford University kabi nufuzli oliygohlar bilan hamkorlikda “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturida 40 ming yosh o‘qitiladi. Dasturni tugatgan 1000 nafar yoshga 200 mln so‘mgacha 7 foizli ssuda ajratiladi.
5. “Yosh tadbirkorlar” tanlovidagi 100 ta loyihaga 1 mlrd so‘mgacha beriladi. “O‘sish va rivojlanish” loyihasidagi 40 ta startapga 2 mlrd so‘m ajratiladi. Banklar 50 ming yoshga bepul biznes-reja tayyorlab beradi va 20 ming yoshni tadbirkorlikka o‘qitadi.
6. Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda har yili 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitadi.
7. “O‘quv markazlari uyushmasi” tashkil etilib, unga a’zo markazlarga qator soliq imtiyozlari beriladi.
8. O‘qituvchilar AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi davlatlarda stajirovka o‘taydi.
9. Yoshlar ishlari agentligi qoshida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil etiladi. Eng yaxshi volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi.
10. Yosh oilalar uchun ipoteka kreditining 14 foizdan oshgan qismi davlat budjetidan qoplab beriladi.
11. “Ikkinchi imkon” loyihasi orqali jazoni o‘tab bo‘lgan yoshlar IT-kasblar va xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi.
12. “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali iste’dodli yozuvchilarga oyiga 20 mln so‘mdan haq to‘lanadi. Maktablardagi eng faol kitobxonlarga 10 mln so‘m mukofot beriladi.
Hurmatli TIFT jamoasi!
Barchamiz birgalikda universitetimizni:
• Talabalarimiz talabalik davridayoq va bitirish arafasida zamonaviy bilimi bilan ishga kira oladigan,
• Startap yaratadigan,
• Fan va sport bo‘yicha chempionlar tayyorlaydigan,
• Ma’naviyat va kitobxonlik markaziga aylanadigan,
• Ijtimoiy adolatli namunaviy ta’lim muassasasiga aylantirishimiz shart.
Barchamiz ushbu tarixiy imkoniyatlarni amaliyotga tatbiq etishda faol va tashabbuskor bo‘lishimiz lozim.
Azizxon Nodirov
TIFT universiteti rektori

👍 16
❤ 5
🔥 4
👏 1
💯 1
🫡 1
1
6 4.9K
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram