TIFT Youth Diplomacy Club — shunchaki klub emas
TIFT universitetida talabalar o‘rtasida “TIFT Youth Diplomacy Club” loyihasi doirasida navbatdagi muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini turli davlatlarning elchilari sifatida tasavvur qilib, xalqaro masalalar yuzasidan o‘z davlatlarining rasmiy pozitsiyasini himoya qildilar. Har bir ishtirokchi diplomatik nutq madaniyati, muzokara olib borish san’ati va strategik fikrlash ko‘nikmalarini namoyish etdi.
Bunday interaktiv format talabalarga diplomatik protokol va etikani tushunish, ommaviy chiqish va pozitsiyani himoya qilish, tahliliy va strategik fikrlashni rivojlantirish, haqiqiy diplomatik muhitni his qilish imkonini beradi.
TIFT — global maydonga tayyor yoshlarni tarbiyalaydi
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 5
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram