🚛
TIFTda xalqaro logistika bo‘yicha amaliy ma’ruza
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti talabalari uchun
“Linestar Group” logistika kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Shohrux Erkinov tomonidan master-klass tashkil etildi.
🚢
“Linestar Group” bugungi kunda O‘zbekiston va Amerika bozorida faoliyat yuritayotgan, xalqaro yuk tashish va logistika xizmatlari bo‘yicha muvaffaqiyatli kompaniyalardan biridir.
Uchrashuv davomida talabalar mahalliy va xalqaro logistika biznesini yo‘lga qo‘yish bosqichlari, global bozorda ishlash tajribasi, kompaniyani samarali boshqarish strategiyalari, logistikada zamonaviy texnologiyalar va IT yechimlar haqida real tajriba asosida ma’lumot oldilar.
Uchrashuv ayniqsa logistika, biznes va boshqaruv yo‘nalishidagi talabalar uchun katta motivatsiya va amaliy bilim manbai bo‘ldi.
TIFT — nazariyani amaliyot bilan bog‘laydigan va talabalarga real sektor tajribasini beradigan universitet
Aloqa markazi: +998712029229
@tiftyordam
Telegram | Instagram* | Facebook* | Youtube
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram